09:14 / 18.02.2016
11899

CNN: Suriyaga Rossiyaning eng zamonaviy razvedkachi samolyoti keltirildi

Rossiya Suriyada eng yangi radiotexnik va optik-elektron razvedkachi samolyoti Tu-214R’dan foydalanmoqda. Bu samolyot AQSh samolyotlarini kuzata oladi. Bu haqda AQShlik nomi aytilmagan mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Tu-214R samolyoti yaqindagina Lataqiyadagi aviabazaga keltirilgan. Biroq telekanalda Rossiya tomonidan bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Manbaning ta'kidlashicha, samolyotdagi kuzatuv tizimlari yuqori aniqlik darajasiga egaligi bilan farqlanadi.

Manbaning aytishicha, gap anchagina ilg‘or razvedkachi samolyot haqida ketmoqda, u "barcha ob-havo sharoitida ishlay oladigan radar tizimlari va elektron-optik sensorlar bilan jihozlangan". Bu qurilmalar katta hududlarning sifati bo‘yicha fotosuratlarnikidan qolishmaydigan tasvirini olishga imkon beradi.

Ta'kidlanishicha, samolyot dushman kuchlarining signallari va o‘zaro suhbatlarini kuzata oladi. Bunday samolyot Suriyada AQSh samolyotlarini kuzatishda Rossiyaga ko‘proq imkoniyatlar beradi.

Top