08:39 / 18.02.2016
4725

Luchano Spalletti: "Real"ga maydonda 1 metr bo‘sh joy qoldiring, bu joy ular uchun 1 km kabi bo‘ladi

"Roma" jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti YeChLning nimchorak finalida "Real"ga qarshi kechgan bahsdan keyin (0:2) jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Roma" muxlislari bugun yuqori saviyadagi o‘yin guvohi bo‘lishdi. O‘yin oxirida ular futbolchilarni olqishlashdi, bu bizning katta ishtiyoq bilan o‘ynaganimizni ko‘rsatadi.

"Real"da yuqori saviyadagi futbolchilar jamlanishgan. Ularga 1 metr bo‘sh joy qoldirsang, bu joy o‘z-o‘zidan 1 kilometrga aylantiriladi. Bizda esa erkin harakat qilish imkoni deyarli bo‘lmadi.

Biz o‘yin davomida o‘z darvozamiz tomonida qolishga majbur bo‘ldik. Qarshi hujumlar juda ortdan boshlandi va bu yaxshi natijaga olib kelmadi. Futbolchilarim maydon bo‘ylab teng taqsimotga erisha olishmadi.

Biz ikkinchi taymni yaxshi o‘tkazdik. Lekin raqibning yarim himoya chizig‘i ham kuchli edi. To‘pni egallaganimizdan keyin uni uzoq vaqt o‘zimizda saqlab turishning iloji bo‘lmadi.

Aytishim mumkinki, jamoaning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Ba'zi vaziyatlar ustida yana ish olib boramiz. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz", deydi murabbiy.

Top