13:57 / 18.02.2016
2661

Moskva metrosiga avtopilotda yuruvchi poyezd qo‘yildi

Moskva metrosi "Koltsevoy" yo‘nalishda avtopilotda boshqariladigan poyezd harakatini boshladi. Bu haqda RNS xabar berdi. 

Moskva hukamati va hokimi rasmiy portali aniqlik kiritishicha, mashinist o‘z kabinasida bo‘ladi, lekin asosiy boshqaruv amallarini avtopilot bajaradi.

Poyezdni to‘xtatishni elektron tizim hal qiladi, harakatga keltirishni esa faqat mashinist amalga oshira oladi. Bundan tashqari, mashinist favqulodda vaziyatlar xavfi ostida poyezd boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Hozirda yo‘nalishda faqat 1ta poyezd harakatlanmoqda, lekin metropoliten yaqin vaqtlar ichida yana ikki tarkibni qo‘shishini ma'lum qilgan.

Avtopilotda harakatlanuvchi poyezd 2015 yilda yo‘lovchilarsiz sinovdan o‘tkazilgan edi.

Top