18:09 / 18.02.2016
2689

Qirg‘iziston Prezidentining Instagram`dagi o‘quvchilari ikki kunda 1 yarim ming nafarga yetdi

Qirg‘iziston fuqarolarining iltimosiga ko‘ra, Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning Instagram`da rasmiy sahifasi ochildi va ikki kunda o‘quvchisi 1 yarim ming nafarga yetdi.

Prezident apparatining axborot siyosati bo‘limi rahbari Almaz Usenovning ma'lum qilishicha, mamlakat rahbarining Twitter va Facebook`dagi shaxsiy sahifasini ham faol o‘qishmoqda. O‘z navbatida bunday kuchli qiziqish bo‘lishini kutishmaganini ham ta'kidlab o‘tdi.

Usenovning aytishicha, rasmiy sahifalarni matbuot xizmati yuritmoqda, biroq Prezidentning o‘zi ham doimiy ravishda chop qilinayotgan ma'lumotlarni kuzatib turibdi.

Top