14:41 / 18.02.2016
2828

S&P neft tufayli Saudiya Arabistoni, Ummon va Braziliyaning reytinglarini tushirdi

Standard & Poor's (S&P) xalqaro reyting agentligi asosiy neft qazib oluvchi mamlakatlarning moliyaviy tizimlari neft narxi tushishining negativ ta'sir etganligi tufayli reytinglarini tushirdi.

Agentlikning oxirgi tahliliga ko‘ra, bu yil Brent neftining barreli 40 dollar, 2017 yilga kelib esa 50 dollarni tashkil qiladi. Avvalroq, o‘tgan yilning kuzida, S&P`ning tahlilchilari Brent neftining 2016 yildagi narxi 55 dollarni tashkil etadi deb taxmin qilishgan va 2018 yilga borib esa uning narxi 70 dollarga o‘sishi aytilgan edi.

Saudiya Arabistonining reytingi ikki pog‘onaga tushirilgan – ya'ni “A-”ga, Ummonniki esa “VVV-” ga, Bahraynniki “VV”ga.

Qozog‘istonning xorijiy va milliy valyutalari bo‘yicha majburiyatlari reytingi, investitsiyalar darajasining eng oxirgi pog‘onasiga, “VVV” dan “VVV-” ga tushurilgan.

S&P agentligi Rossiyaning uzoq muddatli xorijiy valyutalari bo‘yicha majburiyatlari reytingini “VV+” bosqichida baholab, “negativ” prognoz bilan saqlab qoldi.

Har xil sabablar tufayli iqtisodi yomonlashayotgan Braziliyaning reytingi esa “VV” dan “VV+” ga tushirildi.

Agentlikning fikriga ko‘ra, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela o‘rtasidagi neftni qazib olishning yanvardagi darajasida to‘xtalishi to‘g‘risidagi 15 fevralda tuzilgan kelishuvi neft narxining prognoziga yetarlicha ta'sir ko‘rsatmaydi.

Top