15:04 / 18.02.2016
5072

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida soliq to‘lovchilar uchun yangi xizmat ishga tushdi

O‘zbekiton Respublikasi Vazir Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida” va boshqa normativ-huquqiy aktlarga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz saytida “Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish”(STIR) xizmati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yangi xizmati respublika fuqarolariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami(STIR)ni olish imkoniyatini beradi.

Xizmat bepul bo‘lib, u faqat jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi.

Top