17:01 / 19.02.2016
5449

“Bo‘ynoq” 3D animatsion filmi premera arafasida

“Cinema servis” ijodiy jamoasi “Bo‘ynoq” nomli multiplikatsion film bo‘yicha ishlar yakunlanib qolgani haqida ma'lum qildi. Multfilm “Bo‘ynoq” laqabli jasur, qo‘rqmas va kurashuvchan posbon it haqida.

Multqahramon yangi xonadonga kelib, hovli va uy jonivorlarini himoya qilish asnosida turli sarguzashtlar boshdan kechiradi. Bundan tashqari asarda Rustam ismli bolakay, mushuk – baroqvoy va bo‘rilar obrazlari ham mavjud.

Qiziqarli syujyetlarga boy bo‘lgan multfilm bir yil mobaynida tayyorlangan.

Mazkur ijodiy jamoa “Samoviy mehmon”, “Toshbaqa”, “Mehr va Suhayl”, “Aqltoy” singari multiplikatsion filmlarni ham ishlab chiqargan.

Top