11:47 / 19.02.2016
2323

2016 yilgi Formula-1 poygalarida ishtirok etuvchi pilotlarning to‘liq ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

2016 yilda bo‘lib o‘tadigan Formula-1 avtopoygalarida ishtirok etuvchi pilotlarning nomi to‘liqligicha ma'lum bo‘ldi. So‘nggi bo‘lib Manor jamoasi poygalarda ishtirok etadigan ikki pilotning nomini e'lon qildi.

Britaniya jamoasi bu o‘ringa 23 yoshli indoneziyalik Rio Xaryanto bilan shartnoma imzoladi.

Natijada musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi qo‘yidagicha ko‘rinish oldi:
Mercedes AMG (Lyuis Xemilton / Niko Rosberg)
Ferrari (Sebastyan Fettel / Kimi Raykkonen)
Williams (Valtteri Bottas / Felipe Massa)
Red Bull (Daniil Kvyat / Daniel Rikkardo)
Force India (Serxio Peres / Niko Xyulkenberg)
Renault (Kevin Magnussen / Jolion Palmer)
Toro Rosso (Maks Ferstappen / Karlos Saynts)
Sauber (Felipe Nasr / Markus Eriksson)
McLaren (Fernando Alonso / Jyenson Batton)
Manor (Paskal Verlyayn / Rio Xaryanto)
Haas (Roman Grojan / Esteban Guterres)

Formula-1 musobaqalarining birinchi bosqichi 20 mart kuni start oladi. Birinchi bosqichda Avstraliya Gran-prisi o‘tkaziladi. Chempionat Abu-Dabida 27 noyabr kuni yakuniga yetadi.

Top