23:50 / 19.02.2016
3694

AQSh hukumati vaqtinchalik xoverbordlarni taqiqlab qo‘ydi

AQShning iste'molchilik tovarlari xavfsizligi komissiyasi xoverbordlarning foydalanuvchilar salomatligiga xavf solishini aniqlash bo‘yicha ko‘p oy davom etgan tadqiqotlardan keyin bu harakatlanish qurilmasini xavfsiz emas, deb topdi, deb xabar bermoqda Mashable nashri.

Ma'lumot uchun, xoverbord magnit yostiqchasida muallaq holda harakatlanuvchi skeytbord ko‘rinishidagi qurilma.

Komissiya xoverbordlar uchun yangi xavfsizlik standartlarini ishlab chiqdi va barcha ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va chakana savdo kompaniyalarini xoverbordlarni vaqtinchalik sotuvdan olib turish majburiyatini yukladi, chunki u ayni vaqtda tegishli xavfsizlik sertifikatiga ega emas.

Agar kompaniyalar o‘z majburiyatlarni bajarmasa, ularga xoverbordlarni to‘liq musodara qilish xavf soladi.

Ta'kidlanishicha, bu majburiyat nafaqat xoverbordlarga, balki barcha o‘zi muvozanatlanuvchi, jumladan bir g‘ildirakli ko‘rinishdagi skuterlarga ham taalluqlidir.

Top