20:17 / 19.02.2016
3066

Avstraliyalik syorfchi o‘z itlari bilan okeanni zabt etmoqda

Syorfing bo‘yicha avstraliyalik sobiq chempion Kris de Aboytiz o‘zining itlarini syorf uchishga o‘rgatdi. Sportchining fikricha, syorfing unga o‘zining itlari bilan yaqinroq bo‘lishga yordam berdi.

Syorfingchi Rama va Milli laqabli itlarini pitomnikdan olgan. Itlar avval o‘zining yangi egasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lgan. Biroq Kris itlarini to‘lqinlar uzra syorf taxtasida uchishga o‘rgatgandan keyin itlar va Kris orasida do‘stona munosabatlar shakllandi.

Videoda olingan kadrlarda itlarda umuman suvdan qo‘rquv hissi yo‘qligini, biroq to‘lqinning sachrashi ularga uncha xush kelmasligini ko‘rish mumkin. Itlar bundan qochish uchun gohida Krisning orqasiga mingashib oladilar.

Top