07:51 / 19.02.2016
2844

Yevropa ligasi. «MYu» safarda «Midtyulland»dan mag‘lub bo‘ldi

18 fevral kuni Yevropa ligasining 1/16 bosqichida Daniyaning «Midtyulland» jamoasi Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasini qabul qildi va kichik sensatsiya amalga oshirdi.

O‘yinda yakunida mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvda dastlab hisobni Memfis Depay ochdi. Bo‘lim yakunida esa Sisto muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Onuachu o‘z jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» o‘zidan kuchsiz sanalgan raqibga mag‘lub bo‘lib qaytdi.

Javob uchrashuvi 25 fevral kuni «Old Trafford»da o‘tkaziladi.

Yevropa ligasi, 1/16 final

Midtyulland — Manchester Yunayted 2:1
Gollar: Sisto, 44, Onuachu, 77 — Depay, 37
Midtyulland: Andersen — Romer, Bodarov, Xansen, Novak — Kadlets (Royyer, 85), Olsson, Sparv, Xassan (Urena, 67), Sisto — Pushich (Onuachu, 60)
Manchester Yunayted: Romero — Lav, Makneyr, Smolling, Blind — Karrik, Errera (Shneyderlin, 72) — Lingard, Mata (Pereyra, 78), Depay — Martial
Ogohlantirishlar: Lav, Lingard, Smolling.

Top