14:15 / 19.02.2016
2665

«Manchester Siti» Kroosni «Real»dan sotib olmoqchi

Ispaniyaning «Real» klubi yarimhimoyachisi Toni Kroos Angliyaning «Manchester Siti» jamoasiga qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda As nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «shaharliklar»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va klub sport direktori Chiki Begiristayn 26 yoshli nemis futbolchisining agenti bilan ko‘rishishgan va mavsum yakunida amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida gaplashib olishgan.

Gazeta xabariga ko‘ra, «Siti» Kroosni mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Yaya Turening o‘rniga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Kroosning o‘zi hozirda Madridda yiliga 5,5 million yevro ishlab topmoqda va boshqa jamoaga o‘tishni istamayapti.

Top