12:09 / 19.02.2016
3011

«MYu» rahbariyati futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqchi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi rahbariyati jamoaning maosh tizimini optimallashtirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Daily Mirror.

Manbaning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» jamoa futbolchilarining oyliklarini 25 foizga pasaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Mazkur chora-tadbirlar jamoaning Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan holatida, ko‘riladigan moliyaviy zarar o‘rnini qoplash maqsadida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yevropa ligasi. «MYu» safarda «Midtyulland»dan mag‘lub bo‘ldi

«MYu» murabbiyi UYeFA reytingida 136-o‘rinda turgan jamoaga mag‘lub bo‘lishni Merfi qonuniyati bilan oqlamoqchi bo‘ldi

Top