16:38 / 19.02.2016
3355

Paleodiyeta semizlikka olib kelishi mumkinligi qayd etildi

Melbrun universiteti tadqiqotchilari tobora ommalashib borayotgan paleodiyeta aslida aks ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi.

Paleodiyeta, (tosh asri diyetasi) - zamonaviy amerikalik diyetologlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ovqatlanishga yangicha yondashuvni targ‘ib qiladi. 10 ming yil avval nihoyasiga yetgan va 2,5 million yil davom etgan tosh asri davri odamlarining taxminiy ovqatlanish tartibiga asoslanib, o‘simlik va hayvonlarni iste'mol qilishni nazarda tutadi.

Zamonaviy paleodiyeta bo‘yicha baliq, go‘sht va o‘simlik bilan oziqlangan parranda go‘shtlari, sabzavotlar, mevalar, ildiz va yong‘oqlar maqsadga muvofiq. Shu bilan birga donli va dukkakli o‘simliklarni, sut mahsulotlarini, shakar va qayta ishlangan yog‘lar iste'moli tavsiya qilinmaydi.

Biroq bu diyetaning foydasi tasdiqlanmagan.

Nutrition and Diabetes jurnalida nashr etilgan tadqiqotda olimlar o‘ta yog‘li va pastuglevodli diyeta semizlikka va salomatlikning yomonlashishiga olib kelishi mumkinligini isbotlashdi. Bir guruh sichqonlarni paleodiyeta asosida, ikkinchi guruhni odatiy ovqatlar bilan boqishgan. Ikkala guruh ham me'yordan ortiq semiz sichqonlar bo‘lgan. 8 haftadan so‘ng “paleodiyetachi” sichqonlarning vazni 15 foizga oshgan, glyukozani qabul qilolmay qolganlar va insulin darajasi ko‘tarilgan.

Tadqiqot muallifi Sof Adrikopoulos ortiqcha vazdan aziyat chekuvchi va kam harakat hayot tarzini kechiruvchi odamlarga bu diyeta umuman to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Top