19:21 / 19.02.2016
1929

Pogba: Hozir «Yuventus»daman, lekin kelajakda Gvardiola bilan birga ishlashni istayman

Italiyaning «Yuventus» jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba o‘zining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola bilan birga ishlash istagi haqida aytib o‘tdi.

«Gvardiolada ulkan tajriba va futbolga o‘ziga xos qarashlar mavjud. U shunday murabbiyki, qayerda ishlasa ham futbolchilarida o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota oladi.

U hamisha qoyil qoldirish va sizga nimanidir o‘rgatish bilan band bo‘ladi. U zamonaviy futbol uchun namuna. Eshitishim bo‘yicha, u o‘zi ishlagan jamoaning har bir futbolchisiga alohida munosabat bilan yondashadi.

Men ayni vaqtda «Yuventus» a'zosiman, lekin kelajakda u bilan birga ishlashni istayman», deydi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Bavariya»ni boshqarib turgan Gvardiola mavsum yakunida «Manchester Siti»da ish boshlaydi.

Top