19:17 / 19.02.2016
6486

Yaponiyalik yangi "Robinzon Kruzo"

Yaponiyalik Reykko Xori (Reikko Hori) Avstraliyaning yetti ming kilometr shimoliy-g‘arbida joylashgan Indoneziyaning kimsasiz Amparo orolida 19 kun ixtiyoriy yashadi. Osakaning 22 yoshlik fuqarosi  Docastaway sayyohlik agentligidan chipta sotib oldi va ular Reykkoni kattalashtiruvchi oyna va suvosti ov miltig‘i bilan orolga tashlab ketishdi. 

Reykkoning so‘zlariga ko‘ra, u atrofdagilar bilan yaxshi chiqisha olmaganligi uchun o‘zini noqulay sezar ekan. O‘ylab ko‘rib, ta'tilga hech kim bilan bormaslikka qaror qildi. U ko‘pchilik qadami yetmaydigan, mahalliy aholi bilan ko‘rishmaydigan ta'til turlarini qidira boshladi. 

Natijada,  Reykko Xori kimsasiz orollarga sayohat  uyushtiruvchi Docastaway kompaniyasini topdi. Qulaylikni hush ko‘ruvchilar uchun shaxsiy villalarga ega orolchalar taklif qilinadi. Ularning ro‘yxatlarida esa eko-kurortlar va mini-mehmonxonalar ham mavjud.

Lekin Xori barcha qulayliklardan voz kechib, “sarguzashtli” ta'tilni tanladi. Ya'ni u Robinzon Kruzodek tabiat bilan yolg‘izlikda hayot kechirmoqchi bo‘ldi.

Sarguzashtlarga tayyorgarlik

Docastaway kompaniyasining aytishicha, ularning mijozlari orasida Xori ilk shunday qaror qilgan ayol bo‘ldi va barchani hayratda qoldirdi. Chunki uning ekstremal vaziyatlar bo‘yicha hech qanday tajribasi yo‘q. Reykko boshida safarim bir soatdan oshmaydi, deb bor-yo‘g‘i ikki dona jinsi shimlar olgan edi. 

Safar tashkilotchisi Alvaro Serezo (Alvaro Cerezo) unga aeroportda qo‘shimcha narsalar olishni taklif qildi. Birinchi kun guruxdan bir qancha kishilar qolib uning yovvoyi hayotga o‘rganib olishiga yordamlashdilar. Bundan tashqari, qoidaga asosan biron bir hodisa yuz berganda yordamga kelish uchun 40 minut uzoqlikda Reykkoni kechayu-kunduz soqchilar qo‘riqladi.

Tabiat qo‘ynida

Serezoning so‘zlariga ko‘ra, Reykkoda og‘riqni his qilish chegarasi yo‘qligi va u o‘z xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘urmayotganidan ozgina havotirlandi. Ilk kunlarda u yovvoyi hayvonlar hujumidan ham qo‘rqmay, junglida, yer ustida uxladi. Undan tashqari, o‘tkir korallar ustida sarguzashtchi parket ustida yurgandek oyoqyalang yurar edi.

U har qanaqasiga tirik qolish bo‘yicha mutaxassislarning gaplariga quloq solmas edi.  Hattoki, u o‘zi bilan kompaniya tomonidan berilgan machete va ichimlik suvlarini ham olmadi.

“Men boshida o‘zimni juda yomon his qildim, ochlikdan va bosh aylanishidan qiynaldim. Mening pana joyim yo‘q, yomg‘ir ko‘p yog‘ar va hashoratlar ham xalaqit berar edi. Beshinchi kuni umidsizlikka tusha boshladim, chunki hali 13 kun bu yerda qolishim kerak edi”, - deya tan oladi sayohatchi.

Bunga qaramasdan, u o‘z harakatlari bilan olov yoqishni, baliq ovlashni, daraxtlarga chiqib kokoslar olib, ularni tosh bilan ochishni tezda o‘rganib oldi.

Tsivilizatsiyaga qaytish

Noodatiy sharoitlarda yashash qanday bo‘lishini bilmoqchi edim, deb tushuntirdi Reykko. U avval hech qachon qilib ko‘rmagan ishini hayotda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bu sinov esa uni dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashga undadi.

“Insonlar qadami yetmagan dunyo men yashamoqchi bo‘lgan joy emasligini tushunib yetdim. Men shuni bildimki, odamlar bilan muloqot qilib, nafaqat azoblanish balki baxtli bo‘lish mumkin ekan. Albatta, endi men jamiyatda bo‘lishni xohlayman”, - deydi Reykko. U hayotning kichik xursandchiliklariga ham, to‘shakda uxlash, ovqat tayyorlash, dush qabul qilish va elektr quvvatidan foydalanishga ham shukur qilish kerak ekanligini tan oldi.

Manba: Xabardor.uz

Top