14:06 / 20.02.2016
2465

Angliya chempionatida ham qishki tanaffus joriy qilinishi mumkin

Angliya futbol assotsiatsiyasi ijrochi direktori Martin Glenn premer-liga o‘yinlariga qishki tanaffus joriy qilishni ilgari surmoqda.

Funktsionerning so‘zlariga ko‘ra, bu Angliya terma jamoasiga ham, ingliz klublariga ham foyda keltiradi. Shu bilan birga hozirda bu borada hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

«Premer-liga o‘yinlarida ham qishki tanaffus bo‘lishini istardim. O‘ylashimcha, bu Angliya terma jamoasi uchun ham, ingliz klublari uchun ham yaxshi bo‘lardi. Ular o‘zlarining o‘yinlari chiqmayotgan taqdirda, bu vaqt ichida qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishardi», – deya Glennning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

Top