15:25 / 20.02.2016
4205

APL YeChLda ishtirok etuvchi jamoalari sonini 5taga yetkazmoqchi

Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat kubogida g‘alaba qozongan jamoaning Yevropa chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda tashkilot ijrochi direktori Martin Glenn The Guardian nashriga ma'lum qilgan.

Funktsionerning so‘zlariga ko‘ra, bu bilan birga Angliya o‘ziga berilgan to‘rtta yo‘llanmani saqlab qolish asosiy maqsad bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Glenn APL o‘yinlarida ham qishki tanaffuslarni joriy qilish lozimligini ilgari surgandi.

Top