10:13 / 20.02.2016
5564

Blatter: Qatarning JCh-2022 mezboni bo‘lishini Fransiya hal qilgan

Futbol faoliyatidan chetlashtirilgan FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatterning aytishicha, 2022 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash bo‘yicha jarayonda AQSh g‘olib chiqishi kutilayotgan vaqtda Fransiya hukumati bosimi ostida barchasi o‘zgarib ketgan.

"O‘shanda Platini menga qo‘ng‘iroq qildi va o‘zining Fransiya hukumati rahbari (Sarkozi - tahririyat) bilan uchrashgani, unga mamlakat manfaatlari uchun Qatar nomzodini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytishganini bildirdi. U AQSh uchun ovoz bermasligini va Qatar g‘olib chiqishini ta'minlashini aytdi. Men muammo yuzaga kelganini angladim, biroq kech bo‘lgandi. Bu voqea saylovga 1 hafta yoki 10 kun qolganida ro‘y berdi. Natijada AQSh 4ta kam ovoz bilan yutqazdi", deya Blatterning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian nashri.

Bundan oldinroq Blatter tartibga ko‘ra 2018 yilgi JCh Yevropada, 2022 yilgisi Amerikada o‘tishi kerak bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi.

Top