10:34 / 20.02.2016
2465

Boliviya yangi gaz konlari hisobiga o‘zining gaz zaxiralarini 40 foizga oshirdi

Boliviyaning YPFB kompaniyasi Ispaniyaning Repsol kompaniyasi bilan birgalikda Boliviya hududida yangi gaz konlarining ochilgani va buning evaziga mamlakatning gaz zaxiralari 40 foizga oshganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda ABI.

"Shuncha katta ish, geologik va geofizik tadqiqotlardan keyin men "Kaipipendi" blokida bir qator muhim gaz konlarining topilganini ma'lum qilishdan mamnunman, bu konlarning salohiyati 4 trln kub metr gazni tashkil qiladi", deb aytdi Repsol rahbari Diyego Dias.

Diasning aytishicha, 2019 yilda bu konlarda har kuni 18 mln kub metr gaz olinadi.

Avvalroq Boliviyada 23 yilda birinchi marta yangi neft konlari aniqlangani ma'lum qilingandi.

Top