18:20 / 20.02.2016
6458

Fijiga “Winston” super-bo‘ronlari bostirib kelmoqda

Tinch okeani hududidagi orollarga 5ta yirik super-bo‘ron bostirib kelayotgani ma'lum bo‘lganidan so‘ng, Fiji o‘z fuqarolarini favqulodda vaziyatga tayyor bo‘lishga chaqirib, bir qancha xalqaro parvozlarni bekor qildi va evakuatsiya markazlarini ishga tushirdi.

“Bir xalq sifatida, biz eng og‘ir sinovni boshdan kechiramiz va biz bunga tayyor turishimiz lozim”, deb murojaat qildi bosh vazir Voreke Baynimarama (Voreqe Bainimarama).

Fiji meteorologik tashkilotining xabariga ko‘ra, shanba kuni bir “Winston” siklonlari o‘rtacha 220 kilometrdan 315 kilometrgacha tezlikka chiquvchi shiddatli shamollar bilan asosiy orol Viti-Levuga (Viti Levu) yaqinlashadi.

“Biz bunday dahshatli bo‘ronni shu paytgacha ko‘rmagan edik va bu 60 yil ichidagi eng kuchlisi. Hamma qattiq qo‘rquv ostida”, - deydi mahalliy aholi vakili Zalim Husayn (Zalim Hussein).

Avstraliyalik va yangi zelandiyaliklarning ta'til markaziga aylangan manzilda, Fiji Airways, Virgin Australia va Jetstar kompaniyalarining barcha parvozlari bekor qilindi.

“Winston” halokatli shamol, jala, xavfli bo‘ron va yuqori xatarga ega bo‘lgan toshqinlarni o‘zi bilan olib keladi", deb xabar beradi BMTning UNOCHA gumanitar agentligi.

Top