08:20 / 20.02.2016
2497

Italiyalik yozuvchi Umberto Eko vafot etdi

Italiyalik mashhur yozuvchi Umberto Eko 84 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bergan.

"Umberto Eko vafot etdi. U dunyodagi italiyalik eng taniqli ziyoli kishilardan biri edi", deyiladi nashr xabarida va uning yozuvchi, faylasuf va semiotika (kasallik alomatlari haqidagi fan) bo‘yicha mutaxassis bo‘lgani qayd etib o‘tiladi.

Umberto Eko Pemont viloyati, Alessandriya shaharchasida tug‘ilgandi. U 1954 yilda Turin universitetini falsafa va adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Yozuvchi Bolonya universiteti professori hisoblanardi. Bundan tashqari u dunyodagi ko‘plab akademiyalarning faxriy doktori hisoblangan.

Uning "Atirgul ismi" (1980), "Fuko mayog‘i" (1988), "Arafa oroli" (1994) asarlari mashhur bo‘lgan va bu asarlar asosida filmlar ishlangan.

2015 yilning yanvarida yozuvchining so‘nggi asari "Nolinchi nomer" nashr qilingandi.

Top