20:11 / 20.02.2016
8478

Jizzaxda o‘g‘rilar guruhi qo‘lga olindi

Jizzax viloyatida yashovchi Ilhom Ergashev, Po‘lat Narziqulov va Xurshid Botirovdan iborat jinoiy guruh fosh qilinib, qilgan jinoyatlari uchun jazoga tortildi.

“Huquq” nashrining yozishicha, hech bir ishning boshini tutmagan, mo‘may daromad ilinjida bo‘lgan uch yigit dastlab, kelishuvga muvofiq, tunda Xovos signalizatsiya va aloqa distansiyasiga qarashli 1,4 km uzunlikdagi umumiy qiymati 804 ming so‘mlik aloqa simlarini, ikkinchi bor esa 4 mln 858 ming so‘mlik aloqa simlarini qirqib olib, sotib yuborishgan.

Tekin, biroq nohalol luqmaga o‘rgangan jinoiy guruh kelgusi safar o‘g‘rilik manzilini o‘zgartirib, Jizzax tumani “Qahramon” mahallasidagi fuqaro N.Do‘stmurodovning qurilishi bitmagan uyidan 840 ming so‘mli plastik romlarni gumdon qilishadi.

Surishtiruv-tergov jarayonlarida mazkur guruh Jizzax tumanida yana bir necha jinoyatlarni sodir etgani aniqlangan.

Top