08:37 / 20.02.2016
1972

Kemeron Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha referendum iyunda bo‘lib o‘tishini aytdi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zolik qilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum sanasi 20 fevralda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Vazirlar mahkamasining yig‘ilishidan keyin e'lon qilinadi, deb aytdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

"Ertaga men Vazirlar mahkamasi bilan uchrashaman, dushanba kuni parlamentda chiqaman. Men referendum sanasini yaqin orada e'lon qilaman, biroq odamlarda barcha dalillarni eshitishlari uchun yetarlicha vaqt bo‘lishiga ishontira olaman", deb aytdi Kemeron.

Kemeronning aytishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi-qolmasligi bo‘yicha o‘tkaziladigan kampaniyalarda tayyorgarlik uchun 4 oy vaqt bo‘ladi, shuning uchun referendum iyunda bo‘lib o‘tishi ehtimoli katta.

Top