19:05 / 20.02.2016
2268

OAV: Diyego Kosta «Atletiko»ga qaytish xususida Simeone bilan kelishib olgan

«Chelsi» jamoasi hujumchisi Diyego Kosta o‘zining sobiq jamoasi «Atletiko»ga qaytishni rejalashtirgan.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchi o‘zining qaytishi masalasida sobiq murabbiyi Diyego Simeone bilan bir necha marta gaplashgan.

Madridliklar Jyekson Martinesni Xitoy chempionatiga transfer qilish orqali olingan daromadning bir qismini Kostani ortga qaytarish uchun sarflashni rejalashtirgani aytilgan.

Bundan tashqari, manbaning yozishicha Simeone ham Londonga «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi sifatida bormaydi. Ushbu argentinalik mutaxassisning «Atletiko» bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Simeone "Chelsi"ga o‘tishi uchun nima talab qilishini bayon etdi

Top