07:02 / 20.02.2016
4298

Obama Turkiyaning o‘zini himoya qilishga qonuniy huquqi borligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama 19 fevralda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatda Turkiya NATO doirasida qo‘llab-quvvatlanishini va Turkiya o‘zini himoya qilishga qonuniy huquqqa egaligini aytdi. Bu haqda Erdo‘g‘an ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda Anadolu agentligi ma'lum qildi. 

Obama Turkiya va Suriyaning o‘rtamiyona muholifatiga qarshi qaratilgan har qanday harakatlarning zudlik bilan to‘xtatilishiga chaqirig‘ini takrorladi. Agentlik manbasining xabar berishicha, Obama va Erdo‘g‘an Rossiya va Suriya prezidenti Bashar Asaddan Suriyada o‘rtamiyona muholifatga qarshi o‘q otish va bombardimonlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilishdi. 

12 fevralda Myunxenda Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra bir hafta ichida Suriyaning barcha qismlariga gumanitar yuklarni yetkazish masalasini hal qilish va mamlakatda jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligiga kelishib olindi. Yaqin kunlarda shu maqsadda ikkita ishchi guruh ish boshlaydi, guruhlardan biri  o‘t ochishni to‘xtatish, ikkinchisi gumanitar masalalar bilan shug‘ullanadi.

Top