12:52 / 20.02.2016
7187

Simeone "Chelsi"ga o‘tishi uchun nima talab qilishini bayon etdi

"Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Chelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Don Balon nashri xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis o‘zi istagan futbolchilar xarid qilinishi bo‘yicha shart bajarilishi evaziga "Chelsi" taklifini qabul qiladi.

Xabarda aytilishicha, Simeone "Barselona"dan Ivan Rakitich, "PSJ"dan Edinson Kavani, "Borussiya"dan Marko Roysni o‘zi bilan Londonga olib o‘tish niyatida.

Qayd etilishicha, u Rakitichni 2014 yildayoq "Sevilya"dan "Atletiko"ga transfer qilishga urinib ko‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, Simeone "Chelsi"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan 4 mutaxassisdan bir sifatida ko‘rilmoqda (Sampaoli, Konte va Allegri). Ayni vaqtda "Chelsi"ni Mourinoning ketkazilishidan keyin vaqtinchalikka olib kelingan Guus Xiddink boshqarib turibdi.

Top