19:45 / 20.02.2016
7020

Sobiq futbolchi: "PSJ"ning har bir futbolchisi Orening boshini uzib tashlashga tayyor

"PSJ" jamoasining sobiq futbolchisi Jyerom Rotenning ishonch bildirishicha, parijliklar jamoasi futbolchilari o‘z jamoadoshlaridan biri Serj Orening qilig‘idan qattiq g‘azabda va uni jazolashni istashadi.

"Futbolchiga jamoa kelajagida o‘rin yo‘q", deydi u.

Ivuarlik bu futbolchi Periscope ijtimoiy tarmog‘ida savollarga javob berish chog‘ida murabbiy Loran Blanni va jamoa sardori Zlatan Ibrohimovichni qattiq haqoratlagan, Blanni noshud deb atagandi.

"Futbolchilar jamoadoshlarini o‘ziga yaqin olib turli hazillar qilishi mumkin va bu ba'zida me'yoridan ortishi ham bor gap. Menda ham shunday vaziyatlar bo‘lib turardi. Lekin Serj o‘zining jamoadoshlarini qattiq haqorat qilgan. Ishonch bilan aytishim mumkinki, "PSJ" futbolchilarining har biri uning boshini uzib tashlashga tayyor", deydi Roten RMC nashriga.

Loran Blan: Oreni jamoaga meni bunday sharmanda qilishi uchun olib kelmagandim

«PSJ» klubi prezidenti Serj Ore bilan tarbiyaviy soat o‘tkazdi

«PSJ» bebosh futbolchisi Oreni 20 mln yevro evaziga sotib yubormoqchi

«PSJ» bebosh futbolchisi Serj Orega jazo tayinladi

Top