12:30 / 21.02.2016
3163

“Bunyodkor” OChLning 1-turidagi uchrashuvini o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

23-24 fevral kunlari Osiyo Chempionlar ligasi turnirining 1-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ilk turni mehmonda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrini himoya qiluvchi “Al-Nasr” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Toshkentliklar delegatsiyasi bugun, 21 fevral kuni tongida Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.

“Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 fevral kuni Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.

Top