23:27 / 22.02.2016
4894

Arab davlatlari ligasi: Suriya hududida Turkiya va arab davlatlari qo‘shinlari yo‘q

Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil al-Arabiy Suriya hududida Turkiya va hech qanday arab davlati qo‘shinlari yo‘qligini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

"Ayni vaqtda men Suriya hududida hech qanday turk va arab davlatlari qo‘shinlarini ko‘rmayapman", deb aytdi al-Arabiy.

Al-Arabiy Rossiya hukumati bilan ko‘pchilik arab davlatlari o‘rtasida Suriyadagi ixtilofni tartibga solishdagi qarashlarda o‘zaro ziddiyatlar borligini aytdi.

Top