15:42 / 22.02.2016
5710

«Barselona»ning sobiq prezidenti o‘zining feysbukdagi sahifasida Ronalduni mazax qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta Ispaniya chempionatining «Malaga» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (1:1) keyin o‘zining Facebook‘dagi sahifasida Ronalduning suratini joylashtirdi.

Ronaldu malagaliklarga qarshi o‘yinda 11 metrlik jarima zarbasini xato bajargani uning kinoyasiga sabab bo‘lgan.

Laporta madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmi bilan birga «Ular penaltini nega kombinatsion golga aylantirishganini bilaman, lekin bu haqda sizga hech narsa aytmayman» yozuvlarini bitilgan fotopost qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchilari Luis Suares va Lionel Messining penaltini kombinatsiyaga aylantirishganiga xuddi shunday: «Messi nega penaltini bu tarzda amalga oshirganini bilaman, lekin aytmayman», deya izoh bergandi.

Krishtianu Ronaldu: Jarima zarbasidan ko‘ra penalti tepishdan ko‘proq zavq olaman

Ronaldu: Messi penaltini nega bunday amalga oshirgani sababini bilaman, lekin aytmayman

Top