23:13 / 22.02.2016
2871

British Petroleum 2016 yilda investitsiyalarga 17 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda

Britaniyaning British Petroleum neft kompaniyasi yillik investitsiyalar hajmini sezilarli kamaytirmaydi, deb aytdi kompaniyaning bosh iqtisodchisi Spenser Deyl. Bu haqda RNS nashri xabar berdi.

Deylning aytishicha, neft-gaz kompaniyalari investitsiyalarini qisqartirishga majbur bo‘layotganiga qaramasdan, BP 2016 yilda investitsiyalarga 17 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda.

Deylning ta'kidlashicha, bunday investitsiyalar hajmi uzoq muddatli energetik yetkazmalarni kafolatlash uchun amalga oshiriladi.

Top