06:54 / 22.02.2016
3052

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Turkiya bilan tashqi chegaralarini himoya qilish muhimligini aytdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Tomas de Mezer ARD telekanaliga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi uchun migratsiya inqirozini hal qilish masalasida ustuvor vazifa ittifoqning Turkiya bilan tashqi chegaralarini himoya qilish hisoblanadi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Barcha davlatlar Turkiya bilan tashqi chegaralarni himoya qilish kerakligini ma'qullamoqdalar. Bu Frontex’ning (Yevropa Ittifoqining tashqi chegalar bo‘yicha agentligi) ishtirokini ham, NATOning hissasini ham o‘z ichiga oladi, bu qochqinlarni orqaga – Turkiyaga yuborishni anglatadi", deb aytdi de Mezer.  

De Mezer yaqin ikki hafta bu choralar qanchalik samarali ekanligini ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, ma'lum vaziyatlar mavjud bo‘lganda, "shengen hududining boshqa chegaralarida" ham himoya zarur bo‘lishi mumkin.

U, shuningdek, Germaniya uzoq muddatli istiqbolda boshqa davlatlarning Germaniya zimmasiga yukni tashlab, o‘z muammolarini hal qilishga urinishlariga chidab turmasligini ta'kidlab o‘tdi.   

Top