20:41 / 22.02.2016
4172

Mahalliylashtirish dasturidan 77 loyiha chiqarib yuborildi

O‘zbekiston hukumati 2016 yil 12 fevralda tayyor mahsulotlar, butlovchi mahsulotlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturidan 77 loyihani chiqarib yubordi.

Qarorda ta'kidlanishicha, loyihalar dasturdan e'lon qilingan mahalliylashtirish darajasini bajarmaganlik, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va import o‘rnini bosishni ta'minlamaganlik hamda ichki bozorning boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan shunday mahsulotlar bilan to‘lib-toshganligi sababli chiqarib yuborildi.

Jumladan, dasturdan "O‘zmetkombinat», "O‘zavtosanoat" AK, "O‘zeltexsanoat" AK, "O‘zfarmsanoat" AK korxonalari va boshqa kompaniyalar loyihalari chiqarib yuborildi.

Top