16:23 / 22.02.2016
3245

Saudiya Arabistonida 32 kishi Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni hukumati 32 nafar kishini Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblab, ularning ishi sudga oshirilgan. Bu haqda mamlakatdagi bir necha mahalliy gazeta va televideniyelar tomonidan ma'lum qilingan.

Mazkur 32 shaxs, xususan eronlik va afg‘onistonliklar 2013 yilda qo‘lga olingan. Josuslikka oid ushbu jinoyat Saudiya Arabistonining Eron bilan munosabatlaridagi  ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin.

Eronning Saudiya Arabistoni ichki ishlariga aralashuvi urush va Suriya, Iroq, Livan, Yaman va Bahrayndagi siyosiy vaziyatning yomonlashuviga olib keldi. Bu ko‘plab tahlilchilar tomonidan mintaqadagi o‘zgaruvchanlikka sabab bo‘lmoqda.

Munosabatlardagi ziddiyatlar yanvar oyida yanada avj oldi, eronliklar tomonidan Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga bostirib kirishi ro‘y berganidan so‘ng Ar-Riyod diplomatik aloqalarni uzdi va o‘zaro  munosabatlardagi sovuqlik yanada kuchaydi.

Ar-Riyodning Jinoyatni ta'qib qilish byurosi Maxsus jinoyat sudida 32 nafar kishiga nisbatan xavfsizlikka oid jinoyat bo‘yicha ayblov taqdim qilgan.

Ayblov Eron qidiruv tizimi bilan agentlik tizimini yaratish va ularga harbiy ma'lumotlar yetkazish, Saudiya iqtisodiy manfaatlariga qarshi ish ko‘rish, jamiyatda birlikka putur yetkazish kabi bandlarni o‘z ichiga olgan.

2013 yilda qo‘lga olinganlar orasida universitetning katta yoshdagi professori, pediatr, bankir ham bor. Ularning ko‘pchiligini shia va sunniylar aralash holda istiqomat qiladigan Al-Ashi viloyatidagilar tashkil qiladi.

Saudiya Arabistonining aytishicha, Eron Katifdagi shia aholisini Ar-Riyodga qarshi bo‘lishga undagan.

2012 yilda Saudiya Arabistoni davlat energetika ishlab chiqaruvchi Saudi Arabian Oil Co kompaniyasining kompyuter tarmog‘ini buzish boshqa mamlakatlardagi serverlar orqali yuz bergani haqida aytganida, ba'zi tahlilchilar Eronni aybdor sifatida ko‘rsatishgan edi.

Top