21:09 / 22.02.2016
13460

Turkiyaning "Trabzonspor" futbol jamoasi o‘yinchisi hakamga qizil kartochka ko‘rsatdi

Turkiya chempionati doirasida "Galatasaray"ga qarshi uchrashuvda "Trabzonspor" futbol jamoasi himoyachisi Solih Dursun bosh hakamning qaroridan norozi bo‘lib, unga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun maydondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Voqea 21 fevralda Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 86-daqiqasida ro‘y berdi. Uchrashuv 2:1 hisobida "Galatasaray" foydasiga hal bo‘ldi.
Bosh hakam "Trabzonspor"ning himoyachisi Luis Pedro Kavandani maydondan chetlatdi, shundan keyin uning norozi jamoadoshlari qizil kartochkani tushirib qo‘ygan hakamni o‘rab olishdi. Dursun esa kartochkani olib, uni hakamga ko‘rsatdi.

"Trabzonspor" o‘yinni 7 kishi bo‘lib tugatishiga to‘g‘ri keldi: bundan avval Kavandu va Dursundan tashqari, maydonni ikkinchi sariq kartochka olgani uchun Ozer Xurmaji va Aykut Demir ham tark etgandi. Birvarakayiga ikki o‘yinchi chiqarib yuborilgandan keyin "Trabzon" penaltidan to‘p o‘tkazib, o‘yinni boy berdi.

Top