16:41 / 23.02.2016
2175

Burundida portlashlar yuz berishi natijasida o‘nlab kishilar jabrlandi

Burundi poytaxti Bujumburada davomli portlashlar sodir etildi va o‘nlab kishilar bundan jabrlandi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki ma'lumotlarda portlashlar granatalar orqali sodir etilgani aytilgan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari ma'lum emas.

Bundan oldinroq, BMT Bosh kotibi pan Gi Mun 22-23 fevral kunlari Burundiga kelishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

Burundidagi inqiroz o‘tgan yilning aprelida mamlakat prezidenti Per Nkurunziza uchinchi muddatga ham saylanish niyati borligini ma'lum qilganidan buyon davom etmoqda. U iyul oyidagi saylovlarda g‘alaba qozondi, shundan so‘ng mamlakatda ketma-ket qotilliklar ro‘y bera boshladi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 26 apreldan buyon Burundida 400 kishi halok bo‘lgan va yana 3,5 mingga yaqin kishi hibsga olingan.

Top