15:02 / 23.02.2016
2098

Daniel Alvesh: «Futbolchilikdan keyin o‘zimni musiqa yoki moda sohasida sinab ko‘rishni niyat qilganman»

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Daniel Alvesh futbolchilik faoliyatini yakunlagach nima bilan mashg‘ul bo‘lishi haqida gapirib berdi.

«Men faoliyatimni futbolda ilk qadamlarimni qo‘ygan «Baiya» klubida yakunlashga va'da berib qo‘yganman. Shu orqali meni futbolda nom qozonishimga ko‘maklashgan odamlarga minnatdorchilik bildirishni istayman.

Futboldan keyingi hayotimda esa meni gastronomiya, musiqa va moda olami qiziqtiradi. Shunday ekan faoliyatimni yakunlab shulardan biri bilan shug‘ullanishni maqsad qilganman. Menda bu ishlarga nisbatan o‘zgacha ehtiros mavjud. Men o‘zim zavq olgan ish bilan shug‘ullanishni istayman.

Albatta futbolga nisbatan ham ehtiros kuchli, biroq faoliyatimni yakunlagach, bu sohada qolishim ehtimoli kam. Bu yerda menga yoqmaydigan narsalar ko‘p. Menga o‘z energiyamni ijobiy samara beradigan ishlarga sarflash yoqadi», – deya ta'kidlab o‘tgan Alvesh.

Ronaldu: «Ertami kechmi katta kinoda ham suratga tushishimga ishonchim komil»

Top