20:32 / 23.02.2016
6077

Germaniya Mars va Snickers’ni plastik topilganligi tufayli ortga qaytarmoqda

Mars shokoladi ishlab chiqaruvchisi Germaniyadagi mahsulotlarini ortga qaytarmoqda.

Mars va Snickers shokolad batonchiklarining qaytarilishi sababi ulardan topilgan plastik bo‘laklari, deb ta'kidlanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, qaytarilgan mahsulotlar orasida Milky Way shokoladi ham bor.

«Mars kompaniyasi ixtiyoriy ravishda o‘zining Mars, Snickers, Milky Way shokolad mahsulotlarini plastik bo‘laklari topilganligi sababli olib ketmoqda», — deyiladi kompaniya e'lonida.

Bundan tashqari, mahsulotning yaroqlik muddati — 2016 yilning 19 iyunidan 2017 yilning 8 yanvarigacha deb ko‘rsatilgan.

Top