14:36 / 23.02.2016
5998

Jizzaxda «O‘zbekiston bag‘ri keng diyor» nomli fotoko‘rgazma o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab «O‘zbekiston bag‘ri keng diyor» nomli fotoko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyat Ma'naviyat targ‘ibot markazida tashkil etilgan mazko‘r fotoko‘rgazmada mustaqil yurtimizning 24 yil davomida erishgan yutuqlari aks etgan 50 ga yaqin fotosurat, sportchilarimiz tomonidan xalqaro arenalarda qo‘lga kiritilgan g‘alabalr aks etgan 50 ga yaqin suratlar hamda ko‘rgazmaga asosiy urg‘u bergan «Diniy bag‘rikenglik» yo‘nalishida 100 ga yaqin ma'naviy qadriyatlarimiz tiklash borasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz Xiva, Andijon, Farg‘ona, kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarni tiklanish davomida olingan fotosuratlar joy egallagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini aks ettiruvchi 120 dan ortiq taniqli foto san'at ustalari Abdug‘ani Juma, Vladimer Shlosberg va Mixail Levkovichlarning fotolavhalari tomoshabinlar ixtiyoriga xavola etilgan.

 

Jizzaxdan «Kun.uz» muxbiri Akmal Binokulov

Top