15:31 / 23.02.2016
2627

Olive Jiru: «Barselona» dunyoning eng kuchli jamoasi. Lekin bizning saviyamiz ularning yengishga imkon beradi

Londonning «Arsenal» klubining fransiyalik hujumchisi Olive Jiru «Barselona»ga qarshi YeChL nimchorak finalidagi birinchi uchrashuv oldidan o‘zining optimistik fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ha, bugun «Barselona» dunyoning eng kuchli jamoasi. Biz bu raqibga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Bu o‘yin bizning «Bavariya»ga qarshi guruh bosqichidagi o‘yinimizdan farqli bo‘ladi.

Bizdan o‘yin davomida kuchni to‘g‘ri taqsimlash talab etiladi. Biz buni uddalay olamiz.

«Arsenal» o‘z muxlislarini xursand qilishi kerak. Shunday ekan nega o‘yinda g‘alaba qilmasligimiz kerak ekan? Bizning saviyamiz bu jamoani yengish uchun yetarli darajada.

«Ha, oldindagi o‘yinda «Barselona» – favorit. Ammo «Arsenal» hozirda yaxshi va sifatli o‘yin ko‘rsatmoqda. Jarohatlar borligi ham bunga xalal bera olmayapti», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» «Barselona» bahsi seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Top