17:43 / 23.02.2016
2879

O‘zbekiston TIV Butros Butros-G‘oliyning vafoti munosabati bilan Misrga hamdardlik bildirdi

Bugun, 23 fevral kuni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Misrning Toshkentdagi elchixonasiga Misrning atoqli davlat va jamoat arbobi Butros Butros-G‘oliyning vafoti munosabati hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIVning rasmiy saytida xabar berildi.

«2016 yilning 23 fevral kuni Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida Misrning atoqli davlat va jamoat arbobi, 1992—1996 yillarda BMT Bosh kotibi lavozimida ishlagan Butros Butros-G‘oliyning vafot etganligi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi». – deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, Butros-G‘oliy 16 fevral kuni 93 yoshida olamdan o‘tgan edi.

Top