15:22 / 23.02.2016
3797

Telegram'ning oylik faol foydalanuvchilari soni 100 mln nafardan oshdi

Telegram messenjeri 23 fevral kuni yana bir yangi yutuqqa erishgani haqida o‘z blogida ma'lum qildi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan:

«Ikki yarim yil avval biz Telegram'ni ishga tushirgan edik. Keyin siz bu haqda do‘stlaringiz va hamkasblaringizga aytdingiz. Ular esa o‘z do‘stlari va hamkasblariga so‘zlab berishdi. Shu tariqa biz rivojlanishni boshladik.

Bugungi kunga kelib esa Telegram'ning oylik faol foydalanuvchilari soni 100 million nafardan oshdi. Har kun 350 mingdan ortiq kishi a'zo bo‘lmoqda. Bir kunda 15 milliard xabar jo‘natilmoqda.

So‘zlarni uzatayotganingiz uchun rahmat, to‘xtamang».

Eslatib o‘tamiz, oylik faol foydalanuvchi bu — bir oyda hech bo‘lmasa bir marta Telegram'ni bir marta ishlatib ko‘rgan kishi.

Ta'kidlab o‘tish joiz, «Kun.uz»ning ham Telegram'da @kunuzofficial nomli kanali mavjud va uni o‘qiydiganlar soni 37 500 nafar kishini tashkil etadi.

Top