20:26 / 23.02.2016
10386

Toshkentda so‘nggi 110 yil ichida fevral oyidagi eng iliq harorat kuzatildi

22 fevral kuni Toshkentda so‘nggi 110 yil ichida fevral oyidagi eng iliq harorat qayd etildi. Shu kuni havo harorati 23,4 daraja iliqni tashkil etdi.

Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 22 fevral kuni kunduzi Toshkentda harorat 23,4 darajagacha ko‘tarildi. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi 110 yil ichida qayd etilgan eng yuqori harorat hisoblanadi.

Avvalgi rekord 1895 yilning 22 fevralida qayd etilgan, o‘shanda harorat 22,9 daraja iliqni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-25 fevral kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechasi o‘rtacha 7-12, kunduzi— 23-25 darajagacha, ba'zi joylarda 28 darajagacha ko‘tarilishi ma'lum qilingan edi.

Top