17:02 / 23.02.2016
15935

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 12-avtobus yonib ketdi

23 fevral kuni Toshkent shahrida №12 yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari «Voditeli Tashkenta» guruhida xabar berishgan. Guruhga hodisa joyidan olingan videoni joylashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Mercedes-Benz Low Floor rusumli №12 yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.

Xabar qilinishicha, barcha yo‘lovchilar shoshilinch ravishda avtobusni tark etishga ulgurishgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Yong‘in sodir bo‘lgan hudud yopib qo‘yilgan.

Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top