15:04 / 24.02.2016
3056

Belaruslik pianinochi Toni Kroosning hayoti haqida konsert dasturi yozdi

Belaruslik pianinochi va bastakor Yuriy Blinov Germaniya terma jamoasi va Ispaniyaning «Real» klubi futbolchisi Toni Kroos haqida konsert dasturi yozdi.

Concerto-Krooso deb nomlangan dastur besh qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri 2014 yilgi jahon chempionining hayoti haqida hikoya qiladi.

«Men eski va ehtirosli muxlislardan biriman. So‘nggi jahon chempionatida albatta nemislarga muxlislik qildim. Toni esa bu musobaqada Germaniya terma jamoasining g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynadi. Bu esa mening ijod qilishimga turtki berdi», – deya ta'kidladi Blinov.

O‘z navbatida futbolchi ham Facebook‘dagi sahifasida mazkur voqeaga munosabatini bildirdi.

«Bu men uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Belaruslik musiqachi Doktor Blinov meni sharafimga Concerto-Krooso musiqiy dasturini yozibdi. Kontsert «Futbolchi hayotining besh unsuri» deb nomlangan va fortepiano, zarbli va hushtakli asboblarda ijroga mo‘ljallangan. Men buning uchun katta minnatdorchilik va bu men uchun sharaf ekanini bildiraman», – deb yozadi Kroos.

Top