14:58 / 24.02.2016
4180

Jyennifer Lourens 2016 yilgi "Oskar" mukofotiga nomzodlar orasidagi eng ko‘p gonorar to‘lanuvchi aktrisa ekani tan olindi

Jyennifer Lourens 2016 yilgi "Oskar" mukofotiga nomzodlar ichida eng ko‘p gonorar to‘lanuvchi aktrisa deb topildi. Bu haqda Forbes jurnalida xabar berildi.

Aktrisa "Joy" filmidagi roli uchun mukofotga talabgor bo‘lib turibdi.

Jurnal hisob-kitoblariga ko‘ra Lourens 2014 yil iyunidan, 2015 yil iyunigacha 52 mln dollar ishlab topgan. Bu natija unga Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha, eng ko‘p maosh to‘lanuvchi aktrisalar ro‘yxatida yetakchi bo‘lish imkonini berdi.

"Oskar"ga eng yaxshi bosh rol yoki ikkinchi plan roli uchun nomzod bo‘lgan hech qaysi aktrisa 6 mln dollardan ko‘p gonorar olmagan.

2014 yilda "Oskar"ga nomzod bo‘ldi va 51 mln dollarlik gonorar bilan Forbes versiyasiga ko‘ra eng ko‘p ish haqi to‘lanuvchi aktrisa deb topilgandi.

"Oskar" mukofotini topshirish marosimi 28 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Oldin berilgan xabarga ko‘ra "Pervyy" kanal yozib olingan taqdimot marosimini namoyish qilinishi aytilgandi. Tomoshabinlar taqdimotning 90 minutlik versiyasini shu kanaldan 29 fevral kuni kuzatib borishlari mumkin.

Jyennifer Lourens eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega chiqdi

«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oskar»ga nomzodlar nomi e'lon qilindi

Top