07:43 / 24.02.2016
5490

"Katta gorilla" Xalqaro koinot stansiyasida sarosima keltirib chiqardi

Xalqaro koinot stansiyasi ekipaji a'zosi Skott Kelli o‘zining Twitter’dagi mikroblogida jo‘natma orqali yuborilgan katta gorilla stansiyaga kirib, u yerda sarosima keltirib chiqargani tasvirlangan viderolikni joylashtirdi.

Videoda fazogir go‘yoki Cygnus yuk tashuvchi raketasida stansiyaga yetkazilgan jo‘natmani ochayotganini ko‘rish mumkin. Bir ozdan keyin jo‘natma ichidan gorilla chiqib, stansiya bo‘ylab Kellining orqasidan quvlay boshlaydi. Aslida esa bu gorilla kiyimini kiyib olgan ekipajning yana bir a'zosi bo‘lgan.  

Aniqlanishicha, Kelli o‘zining koinotda bo‘lganining bir yilligini shunday antiqa hazil bilan nishonlashga qaror qilgan.

Top