14:35 / 24.02.2016
13118

Obid Asomov Instagram’da hozirgilardan ancha yaxshi hofiz ekanini aytdi

So‘z ustasi Obid Asomov Instagram`dagi shaxsiy sahifasida qiziq-qiziq sharhlar yozib, muxlislarini xursand qilib turadi.

Bu gal qo‘liga tor olib, “It o‘tar, karvon hurar” deya qo‘shiq kuylagan eski videosini o‘z sahifasiga yuklagan qiziqchi “O‘ylab qarasam, tuppa-tuzuk hofiz ekanman! Hozirgilardan ancha yaxshi! Zato jivoy!!!!!”, deb hazilmonand izoh qoldirdi.

Bunga foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirgan. Ayrimlar qiziqchini olqishlab, unga omad tilagan bo‘lsa, ba'zilar hozirgi qo‘shiqchilarning hatto fonogrammani ham eplay olmasligi haqida mulohaza yozgan.

 

Video opublikovano @asomov_obidFev 23 2016 v 9:25 PST

Top