16:09 / 24.02.2016
3585

Shayx Salmon: «Saylov kuni hibsga olishlar? FIFAga bunday piar kerak emas»

FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lib turgan shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa tashkilot rahbarligi uchun saylovlar paytida bir qator mansabdorlarni hibsga olishga qarshi ekanini ta'kidladi.

Oldinroq, FQB FIFAga aloqador bo‘lgan bir qator mansabdorlarni korrupsiya bilan bog‘liq mojarolarda aybdor deb topib, ularni hibsga olishni boshlashi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Saylov kuni hibsga olish ishlarini amalga oshirish, to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylamayman. Bizga bunaqa piar kerak emas.

Saylovlarda ishtirok etayogan hamma uchun bu yaxshi bo‘lmagan ogohlantiruv qo‘ng‘irog‘i», – deya alohida ta'kidlab o‘tdi shayx Salman.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylovlar 26 fevral kuni Tsyurixda yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi lozim.

FIFA amaldorlariga keng ko‘lamli yangi hibsga olishlar tahdid solmoqda

Top